La Liga Ferran Torresni ro'yxatdan o'tkazdi. O'yinchi "Real"ga qarshi maydonga tushishi mumkin

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2022, 01:00
Futbolchi endi rasman "Barselona" tarkibida maydonga tusha oladi.

La Liga Ferran Torresni rasman "Barselona" o'yinchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazdi. Buni tashkilot rasmiy saytida ham ko'rish mumkin. Bu shuni anglatadiki, 21 yoshli o'yinchi ertaga "Real Madrid"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, "Barselona" Torres transferini dekabr oyining oxirida e'lon qilgandi. Ammo, moliyaviy feyr-pley qoidalariga ko'ra, La Liga futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga yo'l qo'ymayotgandi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Diario Sport