Kroos: "Agar Messidek futbolchining faoliyati jahon chempionligi bilan boyimasa, noto'g'ri bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
15 dek 2022, 18:38
Toni Krossning fikricha, Lionel Messi 2022 yilgi JCHda g'alaba qozonishga loyiq.

Bungacha Germaniya terma jamoasida o'ynagan "Real" yarim himoyachisi finalda kimga muxlislik qilishi haqidagi savolga javob berar ekan, shunday dedi:

"Agar shaxsiy motivlar haqida gapiradigan bo'lsak, Fransiyada mening "Real"dagi ikki jamoadoshim bor.

Boshqa tomondan, rostini aytishim kerak: agar Messidek futbolchining faoliyati jahon chempionligi bilan boyimasa, noto'g'ri bo'ladi", – dedi Kroos.

Argentina va Fransiya o'rtasidagi JCH-2022 finali 18 dekabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Real Total