Koreyalik darvozabon: "Yana penaltilar seriyasi bo'lganda, barchasi xuddi shunday tugardi"

Administrator
31 yanv 2024, 18:14
Osiyo kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni va Koreya Respublikasi o'rtasidagi dramatik o'yindan so'ng, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, koreyslar darvozaboni Jo Xyon Vu o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogining ikki kuchli jamoalari o'rtasidagi o'yin penaltilar seriyasigacha bordi va unda Koreya Respublikasi g'alaba qozondi. Seriyada ikkita penaltini qaytargan Koreya Respublikasi darvozaboni Jo Xyon Vu bu g'alabaga o'ziga bo'lgan ishonch sabab bo'lganini aytdi.

"Buning barchasiga ishonch sabab bo'ldi. Murabbiy jamoaga ishonch berdi. U o'yindan oldin yonimizga keldi va o'z kuchimizga ishonishimiz kerakligini ta'kidladi. Aynan shu maslahatlar o'z samarasini berdi. 

Penaltilar seriyasida o'zimga bo'lgan ishonch o'ta yuqori edi. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan shunchaki baxtlimiz. 

O'ziga bo'lgan ishonchga mashg'ulotlar orqali erishiladi. Biz juda ko'p vaqtimizni penaltilar seriyasiga tayyorlanishga sarfladik. Seriyadagi muvaffaqiyatli harakatlarimda termamizning darvozabonlar bo'yicha murabbiyining hissasi katta. U yonimga keldi va "O'zingga ishon. Qanday qaror qabul qilishingdan qatiy nazar, bu ishni ishonch bilan bajar", dedi. Men aynan shunday qildim. Yana penaltilar seriyasi bo'lganda, barchasi xuddi shunday tugardi", -deydi Jo Xyon Vu.

Ma'lumot uchun, Koreya Respublikasi Osiyo kubogi chorak finalida Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: the-afc.com