Kontega viza berildi, u "Vitess"ga qarshi o'yinda "Tottenxem"ni boshqarishi mumkin

Alisher
4 noya 2021, 18:01
"Tottenxem" yangi bosh murabbiyi Antonio Konte "Vitess"ga qarshi Konferenciyalar ligasi guruh bosqich 4-tur doirasidagi o'yinda jamoani boshqarishi mumkin.

Italiyalik mutaxassisga ishchi vizasi berildi, u o'yin davomida texnik hududda bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Konte 2 noyabr kuni "shporlar" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

"Tottenxem" - "Vitess" o'yini bugun bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Dan_KP