

67 yoshli portugaliyalik mutaxassis deyarli 2 yil davomida Janubiy Amerika terma jamoasiga ustozlik qildi. Keyrushning iste'fosi haqida Kolumbiya futbol federatsiyasi (FCF) e'lon qildi.
Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi Venesuela va Chiliga qarshi o'yinlarda ijobiy natijalar bilan boshlangan bo'lsada, kolumbiyaliklar uyda Urugvayga 0:3, mehmonda Ekvador bilan o'yinda 1:6 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.



