Kolumbiya mundial oldidan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi, ulardan biri – O'zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi

Оқил Абдубарноев
16 may 2026, 17:47
Jahon chempionatiga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan Kolumbiya milliy terma jamoasining mundial startiga qadar o'tkazadigan so'nggi nazorat uchrashuvlaridagi raqiblari ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, Janubiy Amerika vakillari turnir oldidan 1 iyun kuni Kosta-Rika hamda 7 iyun sanasida Iordaniya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur o'rtoqlik o'yinlari Kolumbiya murabbiylar shtabi uchun jamoaning jismoniy holati va taktik tayyorgarligini yakuniy sinovdan o'tkazish vazifasini o'tab beradi. Xususan, Kosta-Rikaga qarshi bahs Shimoliy Amerika iqlimi va KONKAKAF mintaqasining o'yin uslubiga moslashish uchun xizmat qilsa, Osiyo qitasi vakili Iordaniya bilan o'tadigan to'qnashuv bevosita O'zbekiston terma jamoasiga qarshi kechadigan o'yinga o'ziga xos tayyorgarlik modeli bo'lishi shubhasiz.

Eslatib o'tamiz, Kolumbiya terma jamoasi JCH–2026 musobaqasining "K" guruhida O'zbekiston, Portugaliya va Kongo DR jamoalari bilan kuch sinashadi. E'tiborlisi shundaki, kolumbiyaliklar guruh bosqichidagi dastlabki o'yinini aynan O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur tarixiy va muhim uchrashuv 17 iyun kuni Meksikaning Mexiko shahridagi afsonaviy "Acteka" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia