

"Rossonerilar" texnik direktori Paolo Maldini xavbekka maoshini 3,5 mln evroga oshirgan holda yangi bitim taklif qildi, ammo u qabul qilinmadi. Futbolchi ko'proq maosh xohlamoqda.
Vaziyatni Kessega qiziqish bildirayotgan bir nechta klublar kuzatmoqda.
23 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assist qayd etdi.



