Kavani "Barselona" taklifini rad etgan. Nega?

Alisher
8 fev 2020, 15:06
PSJ hujumchisi Edinson Kavani "Barselona"ga o'tishi mumkin edi.

Urugvaylik futbolchi hamyurti Luis Suares sabab "ko'k-anorranglilar" taklifini rad etgan.

Sababi Edinson Urugvay terma jamoasida birga o'ynaydigan jamoadoshi bilan raqobatlashmaslik uchun Barselonaga borishni istamadi.

Eslatib o'tamiz, Luis Suares jiddiy jarohat olgan. O'yinchining tiklanishi uchun kamida 3 oy kerak bo'ladi, "Barsa" shu sabab yangi o'yinchi qidirish harakatiga tushgan.

Xabar qilinishicha, Kavani yozda erkin agent maqomida Madridning "Atletiko" klubi bilan shartnoma imzolaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr