Karvaxal "Barselona"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 okt 2018, 17:20
"Real" rasmiy sayti jamoa himoyachisi Daniel Karvaxal jarohati haqida ma'lumot berdi.

Ispaniyalik futbolchi SSKAga qarshi Chempionlar ligasining 2-tur uchrashuvida jarohat olgan edi.

Tibbiy ko'rik himoyachining chap oyog'ida shikastlanish borligini aniqladi. Futbolchining safga qaytish muddati aniq emas, ammo bunday jarohatlar 2-5 hafta davomida davolanadi

Shunday qilib, Karvaxal "Alaves" bilan o'ynamaydi va "Barselona"ga qarshi bo'ladigan LaLiganing 10-tur uchrashuvida (28 oktyabr) maydonga tusha olmasligi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com