Joze Mourinyo: MYU - Sent-Eten uchrashuvida Pogbaning onasiga qiyin bo'ladi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2017, 01:01
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo Yevropa ligasi 1/16 finali doirasidagi Sent-Etenga qarshi o'yinda kimga og'ir bo'lishini aytib o'tdi.

Mankunianliklar yarim himoyachisi Pol Pogba o'z akasi Florentenga qarshi o'ynaydi.

Ha, biz Pol bilan bu borada gaplashdik. Menimcha bu taqdir. Bu vaziyatda eng qiyini Pogbaning onasiga bo'ladi. Bu yerda tanlov yo'q. Polning aytishicha onasi birinchi o'yinda durang bo'lishini istamoqda. Biroq javob bahsida baribir qaysidir farzandi xafa bo'ladi. Shu bois bu faqat onasi uchun qiyin.

Aka-ukalar esa bir-birlariga qarshi o'yindan zavq olishadi. Pol o'yinni kutmoqda, Florenten ham shunday bo'lsa kerak, - deydi Mourinyo.

Manchester Yunayted – Sent-Eten uchrashuvi 16 fevral kuni tunda bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com