Jiru – mundialda dublga erishgan yoshi eng katta ikkinchi futbolchi

Eldor Akmurzayev
23 noya 2022, 10:20
Qatardagi mundial ilk turida Fransiya TJ 4:1 hisobida Avstraliyadan ustun keldi.

O'yinda Olive Jiru Adrien Rabo va Kilian Mbappening uzatmalaridan keyin ikkita golni o'z hisobiga yozdirdi.

Shu tariqa, forvard jahon chempionatlari tarixida dubl qayd etgan yoshi eng katta ikkinchi futbolchiga aylandi – 36 yosh-u, 53 kunlik. Bu borada rekord esa JCH-1990 1/8 final doirasida Kolumbiya qarshi bahsda kamerunlik Roje Milla tomonidan qayd etilgandi – 38 yosh-u, 34 kunlik.

Avvalroq, Jiru Fransiya TJ to'purar Terri Anriga yetib olgan haqida xabar bergandik. Hozirda ularning ikkisida 51 tadan gol bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka