Jeko Turinga ketishi uchun Manjukich Rimga kelishi kerak

24 avg 2020, 19:44
"Roma" hujumchisi Edin Jeko "Yuventus" tarkibiga ko'chib o'tishi kutilmoqda.

Ammo "Roma" rahbariyati forvardni qo'yib yuborishni istamayapti, chunki jamoada Jekoning o'rnini bosadigan o'yinchi yo'q. Ayni paytda rimliklar bu muammoni bartaraf etish uchun erkin agent maqomida bo'lib turgan Mario Manjukichning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Har ikki futbolchi tengdosh (34 yosh), holati o'xshash, ammo Manjukich Jekoga nisbatan kamroq maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia