"Inter" Shkrinyarni sotishi mumkin. Slovak futbolchisiga "Real", "Barsa" va "Man Siti" qiziqish bildirmoqda

Alisher
29 iyun 2020, 15:55
Himoyachi Milan Shkrinyar yaqin transferlar oynasida "Inter"dan ketishi mumkin.

25 yoshli slovakiyalik futbolchi ortiq Antonio Konte jamoasidagi tegib bo'lmas futbolchi deya hisoblanmaydi.

Milanliklar o'yinchini sotuvga qo'yishlari va Yevropaning top-klublari takliflarini ko'rib chiqishga tayyor.

Shkrinyarga "Real" qiziqish bildirmoqda. Madridliklar Xakimining transferi borasidagi bitimga futbolchini qo'shish borasida milanliklarga murojaat qilishgan.

Bundan tashqari, Shkrinyarni "Barselona" va "Manchester Siti" klublari diqqat bilan kuzatishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.it