Germaniya Kubogida “Bavariya”ning 7 nafar asosiy futbolchisi o'ynamaydi

30 okt 2018, 09:24
Bu haqda klub bosh murabbiyi Niko Kovach ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Xames Rodriges, Jerom Boateng va Aren Robben sog'liq bilan bog'liq muammolar sabab “Ryodingxauzen” bilan bo'ladigan o'yinda qatnasha olmaydi. Shuningdek, Sven Ulrayxning ayoli xomilador bo'lganligi sabab u ham o'yinda ishtirok etmaydi.

Mats Xummels esa muskullaridagi muammolar sabab bu o'yinni ham o'tkazib yuboradi.

Shuningdek, lazaretdagi Kingsli Koman va Korenten Tolissolar ham kubok o'yinida qatnasha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild