Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyada o'tadigan xalqaro musobaqaga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2019, 16:35
Oktyabrda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 29 avgust – 1 sentyabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o'tkaziluvchi “Chkalov Kubogi” musobaqasida ishtirok etganidan xabaringiz bor.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida yana bir xalqaro turnirda qatnashadi. 4-8 sentyabr kunlari Indoneziyada 4 ta terma jamoa ishtirokida xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi. Unda g'oliblik uchun Indoneziya, Iroq, Xitoy Taypeyi hamda O'zbekiston terma jamoalari bahs olib borishadi.

Musobaqa tavqimi:

6 sentyabr
Iroq – O'zbekiston

7 sentyabr
Indoneziya – O'zbekiston

8 sentyabr
O'zbekiston – Xitoy Taypeyi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia