Futbol tarixidagi yoshi eng katta professional o'yinchi faoliyatini Portugaliyada davom ettirishga yaqin

Eldor Akmurzayev
8 dek 2022, 08:05
Bu haqda “A Bola” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Suzuka PG” forvardi Kadzuyosi Miura faoliyatini Portugaliya 2-divizioni jamoasi “Oliveyrense”da davom ettirishi mumkin. 55 yoshli yaponiyalik futbol tarixidagi yoshi eng katta o'yinchi hisoblanadi. U futboldagi debyut uchrashuvini 1986 yil “Santos” safida o'tkazgan.

Miura yakunlangan mavsum Yaponiya 2-ligasida 18 bahsda qatnashib, 2 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: A Bola