56 yoshli Miura shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2023
Ayni damdagi eng yoshi katta futbolchi Kadzuyosi Miura 57 yoshiga qadar futbol o'ynaydi.

Portugaliya ikkinchi divizioni vakili "Oliveyrense" o'z tvitteri orqali 56 yoshli Kadzuyosi Miura bilan shartnoma 2024 yil yoziga qadar uzaytirilganini ma'lum qildi. Yaponiyalik futbolchi "Oliveyrense"ga fevral oyida borib qo'shilgandi.

Miura professional futboldagi eng yoshi katta futbolchi hisoblanadi. 2023/24 yilgi mavsum uning faoliyatidagi 38-chisi bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/oliveirense_sad