

To'plangan ovoz natijalariga ko'ra, Italiya terma jamoasi hamda "Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon Lev Yashinni ortda qoldirdi. Buffon (44%) so'rovnomada birinchi o'rinni egalladi.
Ikkinchi o'rinda Fransiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Faben Bartez (17%). Afsonaviy Lev Yashin va Germaniya terma jamoasining sobiq kiperi Oliver Kan (7%) uchinchi pog'onani bo'lishib olishdi. Iker Kasilyas hamda Manuel Noyer (6%) ovoz to'plashdi.
Ulardan keyini o'rinlarda Edvin van der Sar (3%), Dino Zoff (2%), Peter Shmeyxel (2%), Petr Chex (1%), Zepp Mayer (1%), Gordon Benks (1%), Piter Shilton (1%) va Rikardo Samora joy egallashdi.



