Tarixda kim zo'r: Buffon, Kasilyas yoki Noyer? Canal+ asrning eng yaxshi darvozabonini aniqladi!

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026
Fransiyaning mashhur Canal+ telekanali XXI asrning eng yaxshi darvozabonlari reytingini e'lon qildi.

Unda sport jurnalistlari va sobiq futbolchilar ishtirok etishdi.

Reytingni tuzishda to'rtta asosiy mezon: uzoq vaqt davomida barqaror o'yin ko'rsatish, kelajak avlodga ta’sir o'tkazish (meros), qo'lga kiritilgan sovrinlar va maydondagi namunali xulq-atvor inobatga olingan.

Yakuniy natijalarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" afsonasi Manuel Noyer barcha davrlarning (asrning) eng yaxshi posboni deb topildi! U afsonaviy Janluidji Buffon va Tibo Kurtuani ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.

Top-15 darvozabonlar ro'yxati:

1.Manuel Noyer

2.Janluidji Buffon

3.Tibo Kurtua

4.Iker Kasilyas

5.Oliver Kan

6.Petr Chex

7.Edvin van der Sar

8.Faben Bartez

9.Ugo Loris

10.Keylor Navas

11.Yan Oblak

12.Janluidji Donnarumma

13.Dida

14.Alisson

15.Emiliano Martines


Sizningcha, ro'yxat adolatlimi? Siz kimni birinchi o'ringa qo'ygan bo'lardingiz?


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal+