Yevropaning bir qator top klublari qiziqqan Argentina olimpiya terma jamoasi a'zosi faoliyatini Rossiyada davom ettiradi

Khoja
28 avg 2024, 11:08
Argentina olimpiya terma jamoasi a'zosi Lusiano Gondu faoliyatini "Zenit"da davom ettiradi.

Bu haqida piterliklar matbuot xizmati ma'lum qildi. "Zenit" yosh hujumchining transferini sotib olish uchun "Argentinos Xuniors" jamoasiga 12 million evro to'ladi. Futbolchining o'zi bilan esa 4+1 ko'rinishdagi shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, 23 yoshli hujumchi o'tgan mavsum jamoasi safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Unign hisobida 14 ta gol va 5 ta golli uzatma bor. Shuningdek, hujumchi Parijda bo'lib o'tgan olimpiya o'yinlarida Argentina safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U ushbu turnirda bitta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com