“Espanol” futbolchisining uyida o'g'rilik sodir etildi. Jinoyatchilar futbolchining onasini garovga olishgan

Nozimov Nig'monxo'ja
17 dek 2023, 08:14
Kataloniyaning Arenis-de-Mar shahrida Ispaniyaning “Espanol” klubi futbolchisi Keyta Baldening uyida o'g'rilik sodir bo'ldi.

Xabar qilinishicha, o'g'rilik vaqtida uyda faqatgina Baldening onasi bo'lgan. Uch nafar noma'lum erkak turar-joyga bostirib kirib, ayolni garovga olib, xonaga qamab qo'ygan. Jinoyatchilar deyarli barcha qimmatbaho narsalarni yig'ib, g'oyib bo'lishdi. 

Futbolchining onasi qulflangan xonadan chiqib ketishga muvaffaq bo'lgan va huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com