Vinisius: "Real" uchun o'limgacha. Biz yana cho'qqiga qaytamiz"

4 may 2026, 07:58
"Real" hujumchisi Vinisius Junior La Liga 34-turida "Espanol" ustidan 2:0 hisobidagi g'alabadan so'ng ijtimoiy tarmoqda post joyladi.

"Real" uchun o'limgacha. Olg'a harakat qilishimiz kerak! Biz yana cho'qqiga qaytamiz", - deb yozdi Vinisius o'yindan keyin.

Joriy mavsum Vinisius jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 21 ta gol va 14 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com