Erve Renar Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
28 may 2022, 11:20
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyi Erve Renar bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

53 yoshli fransiyalik mutaxassis 2027 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Francuz Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2019 yilning iyulidan beri boshqarmoqda. Jamoa o'shandan beri jami 23 o'yinning atigi 2tasida mag'lub bo'ldi: 15 g'alaba va 6 durang.

Jamoa JCH-2022ga chiqqan. Saudiya Arabistoni C guruhida Argentina, Meksika va Polsha bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: saff.com.sa