Erve Renar Belgiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2023
54 yoshli fransiyalik mutaxassis Erve Renar futbol bo'yicha Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Bu haqda "Het Nieuwsblad" xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022da belgiyaliklar guruhdan chiqa olmagandi. Shundan so'ng jamoa ustozi ispaniyalik Roberto Martines o'z lavozimini tark etdi. Keyinchalik u Portugaliya terma jamoasini boshqaradigan bo'ldi.

Renar o'z navbatida so'nggi mundialda Saudiya Arabistoni terma jamoasiga ustozlik qildi. Uning jamoasi birinchi turda bo'lajak jahon chempioni argentinaliklarni mag'lub etdi (2:1), biroq guruh bosqichi to'sig'idan o'ta olmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Het Nieuwsblad