Saudiya Arabistoni murabbiyi Fransiya ayollar terma jamoasini boshqaradi

Sherzod Nurmatov
21 mar 2023, 17:13
Fransiyalik bosh murabbiy Erve Renar tez orada Saudiya Arabistoni bilan 2024 yilgacha tuzilgan shartnomani bekor qiladi.

Ma'lum qilinishicha, mutaxassis o'z vataniga qaytib, u yerda ayollar terma jamoasini boshqaradi.

Renar JCH-2022 asosiy sensaciyalaridan birining muallifiga aylandi: 1-turda u boshchiligidagi Saudiya Arabistoni bo'lajak chempion Argentinani 2:1 hisobida mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS