Ertaga futzal bo'yicha 2019 yilgi O'zbekiston chempionatiga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2019, 15:13
Xabaringiz bor, 12-14 mart kunlari poytaxtimizda futzal bo'yicha mamlakat XXIII milliy chempionati saralash bahslari o'tkazilgan edi.

Bo'lib o'tgan o'yinlar yakunlariga ko'ra, “Maksam-Chirchiq” hamda Samarqandning “Dinamo” jamoalari yuqori divizion yo'llanmasiga ega chiqishgan.

Ertaga, 28 mart kuni soat 15:00da O'zPFL binosida futzal bo'yicha 2019 yilgi O'zbekiston chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Unda barcha ishtirokchi jamoalar – AGMK, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Neftchi”, “So'g'diyona”, “Buxoro”, “Navbahor”, “Nasaf”, “Maksam-Chirchiq” va “Dinamo” klublari vakillari ishtirok etadi.

Takidlash joiz, mamlakat XXIII chempionati 1-tur uchrashuvlari 1-6 aprel kunlari poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz