Emeri - MYUga qarshi o'yin haqida: "Bu buyuk uchrashuv bo'ladi"

Mirjalol Normatov
29 sen 2019, 16:14
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri APLning 7-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ushbu uchrashuv doimo buyuk bo'lib kelgan: oldin ham, hozir ham, keyin ham.

Ispaniyadaligimda ham MYU - "Arsenal", "Arsenal" - MYU uchrashuvini tomosha qilardim va doimo o'yin keskin kechardi. Ertaga kechasi ham shunday o'yin bo'ladi deb o'ylayman.

Biz o'yinlarda ko'p narsalarga erishishni istaymiz. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Futbolchilar navbatdagi bahsni intiqlik bilan kutishyapti va ular 3 ochko uchun o'ynashadi.

Sulsher tajribali va klubni ideal tarzda biladi. U yuqori darajada raqiblik qilishni eplay oladi. Uning vazifasi ham biz kabi - barqarorlikka erishib, kuchli to'rtlikka kirish", - dedi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express