Eldor Shomurodov: “Osiyoning eng yaxshi yosh o'yinchisi kim bo'lishini ahamiyati yo'q. Muhimi o'zimizdan bo'ladi”

Narzulla Saydullayev
26 noya 2015, 07:00
Xabaringiz bo'lsa kerak, 2015 yil Osiyoning “Eng yaxshi yosh o'yinchisi” nominaciyasi bo'yicha o'zbekistonlik futbolchilar nomzod sifatida ro'yxatdan o'rin olgan.

E'tiborlisi ularning uchchalasi ham “Bunyodkor” vakillaridir. Bundan bir necha yil oldin ko'pchilikni e'tiboriga tushmagan. Ammo o'tgan mavsumdan beri o'zini ko'rsatishga erishayotgan Doston Hamdamov, Zabihillo O'rinboev va Eldor Shomurodov joriy mavsum haqiqatdan ham “qaldirg'ochlar” safida o'z o'rniga ega bo'ldi. Surxondaryolik bo'lgan iqtidorli hujumchi Eldor Shomurodov uchun bu yilgi mavsum ajoyib o'tmoqda deyish mumkin. Milliy terma jamoamiz ustozi Samvel Babayan ham uning iqtidorini payqagan xolda bosh jamoamizga taklif etib, ayrim o'yinlarda o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bermoqda. O'yindan-o'yinga o'z kuchiga ishonib borayotgan Eldorda avvalgi hayajonlarni ko'rmayapmiz. Aksincha yetakchilarga xos tarzda o'yin namoyish etib kelmoqda. Kuni-kecha Shomurodovlarning kenjasi bilan suhbatlashib, xushxabar haqida so'radik.

- Eldor, kayfiyatlar qanday?
- Xudoga shukur hammasi yaxshi. O'zingizga yaxshi ma'lum ayni damda ko'plab klublar tatilga chiqqan. O'z navbatida men ham bundan unumli foydalangan xolda oilam davrasida xordiq chiqaryapman. 


- Osiyoning “Eng yaxshi yosh o'yinchisi” nominaciyada g'oliblik uchun kurashda sizning nomingiz o'rin olgani o'ziz uchun kutilmagan xol bo'ldimi?
- Eh, nimasini aytasiz. Xursandchiligimni cheki yo'q. Bu haqda birinchi bo'lib klubimiz matbuot kotibi Bahodir aka Mirzaev xabardor etdi. Juda hm to'lqinlanib kettim. Axir bu har bir futbolchining orzusi! Men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi.   

- Qizig'i shundaki, ushbu nominaciyada g'olib chiqishingizda asosiy raqobatchilaringiz klubdagi do'stlaringiz ekanligidir?
- Shunday. Bu shaxsan men uchun ham qiziq ham yaxshi bo'ldi. Sababi nominaciyada boshqa do'stim g'olib chiqqan taqdirda ham men bundan sira tushkunlikka tushmayman. Aksincha bosh sovrinni o'zim qo'lga kiritgandek, do'stim uchun ham xursand bo'laman.

- Umuman olganda mavsum-2015 siz uchun omadli o'tdi desa bo'ladimi?   
- Albatta. To'g'ri, klub bilan bu yil ham hech bir sovrinni qo'lga kirita olmadik. Bunga sabab sifatida esa barqarorlik yetishmaganini aytgan bo'lardim. Ko'pincha tajriba yetishmasligi pand berdi. Xudo xohlasa kelasi mavsum “Bunyodkor” chempionlik uchun kurashadi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia