Dani Alves: "Maosh olmasam ham, har qanday holatda "Barselona"ga qaytishni xohlardim"

Aslanov Jasurbek
17 noya 2021, 19:47
Himoyachi Dani Alves "Barselona"ga qaytish qarori haqida gapirdi.

"Mening transferim juda qiziqarli bo'ldi. Men klub prezidenti bilan gaplashdim hamda ular menga maosh bermasa ham, jamoaga yordam berish uchun qaytib kelishni juda xohlardim.

Men qatiyatli edim. Oxir-oqibat, jamoa prezidenti qarorni Xavi qabul qilishini aytdi.

Shunda men Xavini klubga qaytayotganini angladim va bu imkoniyatlarimni oshirdi, chunki u meni yaqindan tanirdi. U menga qo'ng'iroq qilganida, unga doimo yordam berishga tayyor ekanligimni eslatdim.

Nima bo'lgan taqdirda ham, hatto tekinga o'ynashim kerak bo'lsa ham, "Barselona"ga qaytishni xohlardim", - deydi Alves.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport