Daily Mail: "Bavariya" 4 top-futbolchisidan ayrilishi mumkin

Mirjalol Normatov
19 iyul 2018, 23:10
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Bavariya"ni bir necha futbolchilar tark etishi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, myunxenliklar Arturo Vidal, Xuan Bernat, Sebastyan Rudi va Tyago Alkantara kabi futbolchilarni APL jamoalariga taklif qilishgan. Oldinroq Vidalga "Manchester Yunayted" qiziqayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Xabarlarga qaraganda, "Bavariya" Robert Levandovskini hech qaerga qo'yib yubormaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail