Chuameni Fransiya terma jamoasining Jahon chempionatidagi asosiy maqsadini aytdi

Sherzod Nurmatov
23 noya 2022, 18:20
Fransiyaliklar asta-sekin o'z vazifalarini bajarishga harakat qiladilar.

Fransiya termasi yarim himoyachisi Orelen Chuameni jamoaning 2022 yilgi Jahon chempionatidagi asosiy maqsadini ko'rsatdi.

"Asosiy maqsadimiz – 1/8 finalga chiqish. Biz dastlabki uchrashuvda g'alaba qozondik, davom etishimiz kerak", – dedi futbolchi.

Fransiya terma jamoasi JCH-2022ni Avstraliya ustidan qozonilgan yirik g'alaba (4:1) bilan boshladi. Fransiyaliklar navbatdagi o'yinni 26 noyabr kuni Daniyaga qarshi o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport