

Braziliya OAVning xabar berishicha, futbolchi velotrenajyor tekshiruvdan o'tayotganida to'satdan yiqilib, taxminan 2 daqiqaga hushidan ketgan. Shundan so'ng tez yordam chaqirishga to'g'ri kelgan va futbolchi zudlik bilan kasalxonaga yuborilgan.
"San-Paulu" klubi Oskar hozirda shifoxonadaligi va u yerda kuzatuv ostida ekanligini ma'lum qildi. Shifokorlar nima bo'lganini aniqlash uchun hali ham bir nechta testni o'tkazishlari kerak.



