“Chelsi” Kurtuani “Real”ga 56 mln evroga sotishga tayyor, uning o'rniga 73 mln evroga “Roma”dan futbolchi oladi

Aziz Tukhtamuradov
1 iyul 2018, 09:08
Londonning “Chelsi” klubi hamon katta qiziqish bilan “Roma” darvozaboni Alissonni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda.

Bu posbonga “Liverpul” jamoasi ham da'vogar bo'lib turibdi. “Chelsi” Braziliya terma jamoasi darvozaboni uchun 73 million evro to'lashga tayyor. Buning uchun “aristokratlar” Tibo Kurtuani sotishlari kerak. 

“Chelsi” rahbarlari bir yildan so'ng ozod agentga aylanadigan Belgiya terma jamoasi darvozabonini “Real”ga 56 mln evroga sotishga rozi bo'lishgan. “Roma” Alissonning transferidan 80-100 mln evro ishlab olishni rejalashtiryapti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif