"Chelsi" "Inter" futbolchisi de Vreyga qiziqmoqda. U bir yildan so'ng tekinga ketishi mumkin

Alisher
8 iyun 2022, 13:08
"Inter" markaziy himoyachisi Stefan de Vrey faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

30 yoshli Niderlandiya terma jamoasi o'yinchisiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

De Vrey London klubida "Real"ga yo'l olgan Antonio Ryudigerning o'rnini egallashi mumkin.

De Vreyning "Inter" bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallanan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira