“Chelsi” APLda 2 ming ochko to'plagan uchinchi klub bo'ldi

15 sen 2020, 08:58
“Chelsi” APLning 1-turida “Brayton”ni 3:1 hisobida engdi.

Ushbu g'alaba sabab London klubining APLda ishtiroki davomida to'plagan ochkolari soni 2 mingtaga etdi. “Chelsi” ushbu natijaga erishgan uchinchi klub sifatida tarixga kirdi. Avvalroq 2 minglik dovondan MYU (2234 ochko) va “Arsenal” (2014 ochko) klublari o'tgandi.

“Chelsi”ning ortidan esa “Liverpul” (1951) va “Tottenxem” (1654) kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports