Braziliya Lissabondagi irqchilik hodisasidan keyin Vinisius Juniorni qo'llab-quvvatladi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026, 19:35
Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) UEFA Chempionlar Ligasi pley-offida "Benfika" va Madridning "Real"i o'rtasida bo'lib o'tgan (0:1) uchrashuvdan keyin rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Ushbu o'yinda "qaymoqranglar" vingeri Vinisius Junior irqchilik haqoratlariga duch kelgandi. 

X ijtimoiy tarmog'ida joylangan bayonotda CBF braziliyalik futbolchi bilan yakdilligini bildirdi:

"Braziliya futbol konfederatsiyasi Lissabonda "Benfika"ga gol urganidan keyin seshanba kuni navbatdagi irqchilik harakati qurboniga aylangan Vinisius Junior bilan birga ekanini bildiradi.

Irqchilik - jinoyat. Buni qabul qilib bo'lmaydi. Futbolda ham, boshqa joyda ham uning o'rni yo'q. Vini, sen yolg'iz emassan. Sening harakating - jasorat va qadr-qimmat namunasi. Biz sen bilan faxrlanamiz. Diskriminaciyaning barcha ko'rinishlariga qarshi qatiy kurashamiz. Biz sening yongingdamiz. Har doim".

CBF Vinisiusni qo'llab-quvvatlashda davom etishini va futbolda diskriminaciyaning har qanday ko'rinishlariga qarshi ekanini ta'kidladi.

Avvalroq afsonaviy Terri Anri hodisa haqida fikr bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/CBF_Futebol