Bir yarim oydan so'ng Messi "Barselona" bilan shartnomani uzaytiradi

Tolibjon Qosimov
25 mar 2014, 10:52
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma tuzishga yaqin.
26 yoshli argentinalik futbolchi Kataloniya klubi bilan yaqin ikki oy ichida kelishuvni uzaytiradi, deb xabar bermoqda Sport.es nashri.

Messining "Barselona" bilan yangi kelishuvi 2019 yilga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Hozirgi shartnoma 2018 yilda tugaydi.

Oldinroq Messi "Barselona"dan yiliga 25 million evro va 5 yillik shartnoma so'rayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru