Bentu: "Biz o'z uslubimizga oxirigacha sodiq qoldik, bundan faxrlanaman"

Sherzod Nurmatov
6 dek 2022, 12:46
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan Paulu Bentu jamoasining Braziliyaga qarshi Jahon chempionati 1/8 final uchrashuvidagi (1:4) o'yiniga yuqori baho berdi.

"Braziliya haqli ravishda g'alaba qozondi va albatta, natija meni xursand qilmayapti, lekin oxirgi to'rt yilda Koreya futboli munosib darajada turibdi.

Bugun biz uchrashuvni juda dadil boshladik, kuchimiz yetishmadi, lekin oxirigacha o'z uslubimizga oxirigacha sodiq qoldik, bundan faxrlanaman.

Guruh bosqichida yaxshi o'ynabdik. Ganani (2:3) mag'lub etishimiz shart edi. Umuman olganda, hammasidan qoniqdim", – dedi portugaliyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BeSoccer