Manba: Paulu Bentu Misrda ishlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
4 sen 2025, 16:30
​Misrning 45 karra chempioni "Al Ahli" mutaxassis bilan bog'lanmoqda.

"O Jogo" nashrining xabar berishicha, kuni kecha O'zbekiston taklifiga rad javobini bergan portugaliyalik mutaxassis "Al Ahli" short-listidan o'rin olgan. 

Misr klubi ispaniyalik Xose Riveyroni ishdan bo'shatgach, Portugaliya bozorini o'rganmoqda. Ular yaqin kunlarda Bentu bilan aloqaga chiqadi. Shuningdek, ro'yxatda yaqinda "Fenerbaxche"ni tark etgan Joze Mourinyu ham bor. 

Eslatib o'tamiz, Birlashgan Arab Amirliklaridagi lavozimidan ozod etilgan Paulu Bentu JCH-2026ga yo'l olgan O'zbekistondan taklif olgan va hatto O'zbekistonga kelib, assotsiatsiya mutasaddilari bilan muzokaralar olib borgan, biroq yakunda taklif qilingan shartlar murabbiyga maqul kelmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: O Jogo