Manba: Paulu Bentu O'FA taklifini rad etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025, 15:29
Paulo Bentu Yoaxim Lyovdan keyin O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga rad javobini berish ehtimoli bor.

Bu haqda jurnalist Aleksandr Troickiy xabar berdi.

"Portugaliyalik murabbiy O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifi bilan tanishib chiqdi va jo'nab ketdi.

Aytishlaricha, Bentuning oldida boshqa takliflar ham bor. Klublardan ham, terma jamoalardan ham. O'zbekistondan kelgan taklif esa ustuvor emas.

Lekin darhol aytaman, men manba bilan yaqindan tanish emasman. Hurmat bilan ushbu qo'shimchani kiritib o'tishim kerak. Hozircha Yevropadagi hamkasblarim menga Italiya klublaridan birida Bentuga qiziqish borligini tasdiqlashdi. Lekin qiziqish so'zda va konkret bir taklif darajasida emas.

Kutamiz", – deyiladi xabarda.

Avvalroq O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze portugaliyalik hamkasbi Paulu Bentu haqida fikr bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/my_asiasport_news