"Benfika" ustozi "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan: "Biz yuqori saviyada himoyalanishimiz kerak"

Sherzod Nurmatov
5 apr 2022, 20:43
"Benfika" bosh murabbiyi Nelson Verissimo "Liverpul"ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasidagi dastlabki o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Liverpul" ko'plab o'yinchilar tanloviga ega va jamoaviy tarzda yaxshi o'ynaydi. Shuningdek, ularda ajoyib murabbiy ham bor. Bularning barchasi ikkala uchrashuvda ham yuqori saviyada o'ynashimiz kerakligini ko'rsatmoqda.

Bu qiyin qarama-qarshilik bo'ladi, lekin "Ayaks" bilan o'yinlardan oldin aytganimdek, jamoalarning imkoniyatlari deyarli teng. Biz "Liverpul"ning kuchli tomonlariga dosh bera olishimiz mumkin. Har qanday jamoa singari ularning ham zaif tomonlari bor, faqat bundan foydalanib qolishimiz lozim. 

Biz yuqori saviyada himoyalanishimiz kerak. Bu oson bo'lmaydi, lekin biz kurashishga harakat qilamiz. Muxlislar bizni ilhomlantirishiga umid qilamiz”, – dedi Verissimo.

"Benfika" – "Liverpul" bahsi bugun 23:59 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: slbenfica.pt