"Bavariya" Mazraui transferini rasmiylashtirishga yaqin

Sherzod Nurmatov
20 apr 2022
"Ayaks"ning marokashlik o'ng qanot himoyachisi Nussair Mazraui yozda Amstyerdam klubini tark etadi.

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Myunxenning "Bavariya" klubi tez orada futbolchi bilan shartnoma tuzadi.

Manbaga ko'ra, o'tgan haftada marokashlik futbolchining agenti Mino Rayola bilan og'zaki kelishuvga erishilgan.

Takidlanishicha, endi ish haqi to'lovlari tuzilmasi bo'yicha yakuniy kelishuvlar amalga oshishi, shundan so'ng imzo chekish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, Mazrauining "Ayaks" bilan bitimi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Unga "Barselona" ham davogarlik qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano