"Bavariya" "Barselona"dan uchralgan 1:4 dan keyin ketma-ket 7ta o'yinda gol o'tkazmay g'alaba qozondi

Tolibjon Qosimov
27 noya 2024, 13:52
Myunxenning "Bavariya" klubi quruq seriyasini davom ettirmoqda.

Tunda YCHL 5-turidan o'rin olgan qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi. "Bavariya" jamoasi o'z uyida PSJni 1:0 hisobida taslim qildi. Qizig'i, Vensan Kompani boshchiligidagi myunxenliklar Chempionlar ligasi 3-turi doirasida "Barselona"dan uchralgan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin barcha musobaqalarda ketma-ket ettita o'yinda gol o'tkazmay g'alaba qozondi. To'plar nisbati - 18:0.

"Bavariya" navbatdagi o'yinini 30 noyabr kuni Bundesliga doirasida safarda "Borussiya D"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com