“Barselona” himoyadagi muammolar sabab 20 yoshli Arauxoni tarkibga jalb qilishi mumkin

10 fev 2020, 22:37
La Liga 24-turi doirasida “Xetafe”ga qarshi bahs oldidan “Barselona” himoyasida jiddiy muammolar yuzaga kelgan, deya xabar bermoqda AS.

Nashr xabariga ko'ra, Ispaniya kubogi ¼ finalida “Atletiko”ga (0:1) qarshi bahs qizil kartochka olgan Jerar Pike jarohatdan forig' bo'lish arafasida. Ayni paytda u individual tarzda mashg'lot o'tkazmoqda, payshanba kuni u umumiy guruhga qaytadi.

Samuel Yutiti o'ng oyog'i tizzasida jiddiy muammolarni his qilmoqda. Futbolchi 2018 yilgi JCHdan so'ng jarrohlik stoliga yotishni istamagandi. Fransiyalik futbolchi tizzasidagi jarohatda forig' bo'lish uchunma maxsus kursdan o'tishi lozim.

Qolaversa Kleman Langle o'tgan turda “Betis”ga (3:2) qarshi bellashuvda ikki bor sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Endi u keyingi turda jamoasiga yordam bera olmaydi. Shu bois “Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten katta ehtimol bilan “Xetafe”ga qarshi o'yinda 20 yoshli Ronald Arauxoni maydonga tushishi mumkin.

“Barselona”- “Xetafe” uchrashuvi 15 fevral kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS