

Ammo pandemik vaziyat tufayli Xitoy mamlakati ushbu musobaqani qabul qila olmasligini ma'lum qildi.
Shundan keyin to'rt mamlakat – Avstraliya, Janubiy Koreya, Indoneziya va Qatar qita chempionati mezbonligi uchun kurashni boshlagandi.
Bugun Avstraliya davlati mezbonlik uchun kurashdan chiqqanini e'lon qildi. Shunday qilib, keyingi yilgi Osiyo Kubogini o'tkazish uchun uchta da'vogar mamlakat qoldi – Janubiy Koreya, Qatar va Indoneziya.



