"Atletiko"ning braziliyalik himoyachisi "Borussiya"ga o'tishi mumkin
Tolibjon Qosimov
4 apr 2019, 19:12
Dordmundning "Borussiya" klubi "Atletiko"ning chap qanot himoyachisi Filipe Luisni jalb qilishga tayyor.
Bu haqda "Globo Esporte" ma'lum qildi. 33 yoshli braziliyalik yozda erkin agentga aylanadi, "matraschilar" esa u bilan yangi shartnoma tuzmoqchi emaslar. Nemis klubi vakillari futbolchining agenti bilan aloqaga chiqib ulgurishgan.