

Taniqli jurnalist va insayder Ekrem Konurning aytishicha, Feliks Nmecha MYUning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. Xabar qilinishicha, Dortmundning "Borussiya"si o'z futbolchisini qo'yib yuborishga tayyor, ammo kamida 70 million evro talab qilmoqda. O'yinchining yaqinda agentni almashtirgani esa - u yangi chaqiruvlarga tayyor ekaniga ishora.

"Manchester Yunayted"da Nmechani bu yozda klubni tark etadigan Kazemiroga munosib o'rinbosar deb bilishmoqda va dortmundliklar hamda futbolchining moliyaviy talablarini qondirishga tayyor.
25 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsum Dortmundning "Borussiya"si safida 36 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Uning Germaniya klubi bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilgacha amal qiladi.



