"Atletiko" "Xetafe" yarim himoyachisi Kukurelyaga qiziqmoqda

Alisher
2 iyun 2021, 15:31
"Atletiko" "Xetafe"da o'ynayotgan xavbek Mark Kukurelyaga qiziqmoqda.

Madrid klubi 2021/22 yilgi mavsum oldidan chap qanot chizig'ini kuchaytirmoqchi va ham himoyada, ham hujumda o'ynay oladigan Kukurelyaning universalligiga qiziqmoqda.

Transfer "Atletiko"ga 15 million evroga tushishi mumkin, madridliklarning bitimga jamoa o'yinchilaridan birini qo'shish ehtimoli ham mavjud.

Kukurelya 2020/21 yilgi mavsum "Xetafe" tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca