"Atletiko" Fransiya terma jamoasi futbolchisini xarid qilishi mumkin

Alisher
1 iyun 2022, 12:35
"Atletiko" Fransiya terma jamoasi va "Lans" himoyachisi Jonatan Klossning xaridiga qiziqmoqda.

Futbolchining o'zi jamoasini o'zgartirishga tayyor. Tomonlar hali muzokaralarga kirishishmadi. O'yinchining so'zlariga ko'ra, unga hali rasmiy takliflar kelib tushmagan.

29 yoshli himoyachi o'tgan mavsum jamoa tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 11ta assist qayd etdi. Kloss Fransiya terma jamoasi tarkibida 2ta o'yin o'tkazdi.

"Atletliko" 2021/22 yilgi mavsum yakuniga ko'ra Ispaniya chempionatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Noix du Nord