"Atletiko" "Barselona"ning sobiq murabbiyini taklif qilishi mumkin

Оқил Абдубарноев
2 noya 2022, 21:01
"Atletiko" Chempionlar ligasining guruh bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Seshanba kuni mehmonda “Portu”dan mag'lub bo'lgan (1:2) “matraschilar” guruhda so'nggi o'rinni egalladi va hatto Yevropa Ligasi yo'llanmasidan ham mahrum bo'ldi.

OAVda "Atletiko" bosh murabbiy sifatida Diego Simeoneni almashtirishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, bir vaqtlar "Barselona"da ishlagan Luis Enrike "matraschilar"ning yangi murabbiyi bo'lishi mumkin. Manbaga ko'ra, Madrid klubi allaqachon Enrikening vakillari bilan bog'langan.

Luis Enrike ayni damda Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Diego Simeone “Atletiko”ni deyarli 11 yildan beri boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: El Chiringuito TV